O'zbekiston

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berdi.

 

Avvalroq Qodirov Toshkentdagi ayrim tarixiy binolarni, jumladan, “rus rassomining uyi” sifatida tilga olgan obyektni davlat tomonidan muhofaza qilish masalasiga e’tiroz bildirgan edi. Shundan so‘ng Madaniy meros agentligi Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 7-uydagi bino yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, obyektning tarixiy va madaniy qiymatini izohlagan. Agentlik madaniy merosni “o‘zimizniki” va “begonaniki”ga ajratish noto‘g‘ri ekanini ta’kidlagan edi.

 

Qodirov esa o‘zining Telegram kanalidagi munosabatida Agentlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi byudjet hisoboti vaqtida deputatlarning savollariga javob berish o‘rniga ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berganini aytdi.

 

Uning ta’kidlashicha, “Milliy tiklanish” partiyasi Agentlikka bergan savollariga javob olish uchun parlament so‘rovi yoki eshituv vakolatidan foydalanishga harakat qiladi.

 

Qodirov, xususan, Sarmishsoy, Shohizinda va Mizdakxon kabi madaniy meros obyektlari bo‘yicha ilgari bildirilgan tanqid va takliflarga javob berilmaganini ta’kidlagan.

 

Deputat Sarmishsoy hududida katta mablag‘ sarflanganiga qaramay, ayrim ochiq hududlar qarovsiz qolayotgani haqida savol qo‘ygan. Shuningdek, Shohizinda yaqinidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li yodgorlikka zarar yetkazayotgani va bu masalada tegishli choralar ko‘rilayotgan-ko‘rilmayotganini so‘ragan.

 

Bundan tashqari, Qodirov Buxoroda qadimiy Qur’on nusxalaridan biri saqlanayotgan joy, shuningdek, Dovon davlati bilan bog‘liq arxeologik meros hududlaridan foydalanish masalalarini ham ko‘targan.

 

Deputat Agentlikning madaniy meros obyektlariga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanishi va ularning muhofazasi bo‘yicha faoliyatiga doir boshqa savollar ham borligini bildirgan.

 

“Xalqqa esa uning qadriyatlari va ming yillik merosini asrash uchun berayotgan pullarini qanday ishlatilayotgani haqida hisobot kerak, provokatsion munosabatlaringiz emas”, deya yozgan Qodirov.

 

U, shuningdek, bu fikrlar deputat sifatidagi shaxsiy pozitsiyasi ekanini, partiya raisi sifatida esa Agentlikning hisoboti ortidan parlamentda so‘z olishini ma’lum qilgan.

 

Madaniy meros agentligi esa avvalgi munosabatida Bobur ko‘chasi, 7-uydagi bino 1935-yilda qurilgani, uning tarixi me’mor Aleksey Shchusev, shuningdek, akademiklar Toshmuhammad Qori-Niyoziy va Vasiliy Shishkin kabi ilm-fan vakillari faoliyati bilan bog‘liqligini bildirgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, bino 2020-yilda Milliy ro‘yxatga kiritilgan va 2021-yilda uni ro‘yxatdan chiqarish taklifi rad etilgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"