O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qoradaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

 

Ushbu yirik inshoot transport oqimini samarali tashkil etish, harakat xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan. U yangi barpo etilayotgan “Shirin” massivini Samarqand shahri hamda xalqaro aeroport bilan bog‘laydi.

 

Loyiha qiymati 310 milliard so‘m bo‘lgan ko‘prikning uzunligi 780 metr, kengligi 29,8 metr, balandligi esa 2 metrni tashkil etadi. Qatnov qismi 4 tasma, kuniga 25 mingtagacha transport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi.

 

Yangi obyekt foydalanishga topshirilgach, Shirin shaharchasidan markazgacha bo‘lgan masofa 23 kilometrdan 4 kilometrga, yo‘lga ketadigan vaqt esa 30 daqiqaga qisqaradi.

 

Davlat rahbariga loyihaning texnik yechimlari va transport oqimini boshqarish imkoniyatlari haqida axborot berildi.

 

Shu yerda faollar bilan suhbat bo‘ldi.

 

2016-yilda O‘zbekistonga bor-yo‘g‘i 1 million 200 ming turist kelardi. Hozir bir yilda 5 million sayyoh tashrif buyurdi. Qachon biz bunday natijalarni tasavvur qilardik? Albatta, bugun dunyo raqobat asosida rivojlanyapti. Biz ham bu raqobatda o‘z o‘rnimizni mustahkamlashimiz kerak.

Loyihalarni to‘g‘ri ishlab chiqsak, logistikani oqilona tashkil etsak, xarajatlarni qisqartiramiz, odamlarimizning uzog‘ini yaqin qilamiz. Axir bu shahar odamlar uchun-ku!

Mana shu ko‘prik mening orzularimdan biri edi. Bugun bu orzu ro‘yobga chiqdi, – dedi Prezidentimiz.

 

Davlat rahbari shahar odamlar uchun xizmat qilishi kerakligi haqidagi fikrini davom ettirib, har bir insonning xalq va yurt oldidagi mas’uliyatiga to‘xtaldi:

 

Men kechagi nutqimda ham “o‘z”, “o‘zimiz”, “o‘zligimiz”, “o‘zimizniki” degan so‘zlarga qayta-qayta urg‘u berdim. “Men o‘zbekistonlikman, xalqim uchun harakat qilaman, xalqim uchun o‘qiyman, ertangi kunim uchun izlanaman” degan g‘oyalar ruhida yashashimiz kerak.

 

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi xalqaro nashrlarda yoritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentga majmuani rivojlantirish, ziyorat turizmini kengaytirish va allomaning ilmiy merosini dunyoga targ‘ib qilish ishlari haqida axborot berildi.

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi arafasida nega aynan hozir, dunyoda inqirozlar avj olgan bir paytda Samarqandga yo‘l olgani haqidagi savolga javob berdi.

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari xalqaro tadbirlar sabab shaharga kirish yo‘llari va 16 ta markaziy ko‘chada transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

Giyohvand modda Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi va «Rossiya» milliy markazi madaniy va ilmiy hamkorlikning yangi bosqichini boshladi

Islom sivilizatsiyasi markazi va «Rossiya» milliy markazi madaniy va ilmiy hamkorlikning yangi bosqichini boshladi

2027-yilda Rossiya va O‘zbekistonda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan o‘zaro madaniyat kunlari o‘tkaziladi.

Toshkentda issiq suv sifati: me’yoriy ko‘rsatkichlar tiklandi

Toshkentda issiq suv sifati: me’yoriy ko‘rsatkichlar tiklandi

Suv namunalari laboratoriyalarda tekshirilib, belgilangan me’yorlarga mosligi aniqlangan.

O‘zbekiston va Xitoy aloqalari: mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshirilishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy aloqalari: mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshirilishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.