Dunyodagi eng yaxshi va eng yomon mashhur joylar

Baʼzan mashhur biror joyga borganda “Nimagayam bu yerga keldim?” deb o‘ylaymiz. Manzil hafsalani pir qilib, Instagramda ko‘ringanidek chiroyli bo‘lib chiqmaydi.

Dunyodagi eng yaxshi va eng yomon mashhur joylar

 

Baʼzan mashhur biror joyga borganda “Nimagayam bu yerga keldim?” deb o‘ylaymiz. Manzil hafsalani pir qilib, Instagramda ko‘ringanidek chiroyli bo‘lib chiqmaydi.

 

Sayohatlar mavsumi oldidan ana shunday joylarga adashib borib, kayfiyatingiz tushmasligi uchun Stasher kompaniyasi dunyoning eng yaxshi 99 ta sayyohlik manzillari reytingini tuzdi.

 

Reytingni tuzishda Google Maps‘dagi fikrlar, mahalliy turarjoy sifati, eng yaqin xalqaro aeroportgacha bo‘lgan masofa, sayyohlar xavfsizligi va TikTok foydalanuvchilar orasida manzilning ommalashgani hisobga olindi.

 

Har bir manzil 10 balli shkala bo‘yicha baholangan. Aniqlanishicha, Yevropadagi har beshta mashhur manzildan 4 tasi sayyohlarni qoniqtiradi.

 

Dunyoning eng yaxshi sayyohlik manzillari:

 

5. Ankgor-vat, Kamboja

 

Dunyodagi eng yirik diniy meʼmoriy obida 402 akr (qariyb 163 gektar) maydonni egallagan. Ulkan budda ehromi Kamboja bayrog‘ida ham aks ettirilgan.

 

4. Sevilyadagi Ispaniya maydoni, Ispaniya

 

Yarim aylana shakldagi suv havzalari majmuasi, monumentlar va minorali binola neomavritan uslubida ishlanshan. Hozir maydonda shahar hokimiyati va bir nechta muzey joylashgan. Majmua Andulusiya poytaxtida 1929 yilgi iberik-amerika ko‘rgazmasi oldidan qurilgan.

 

Arxitektura majmuasini tashkil qiluvchi pavilyonlar anʼanaviy plitalar bilan qoplangan. Pannolarning har biri Ispaniyaning alohida provinsiyasini tasvirlaydi.

 

3. Moviy laguna, Islandiya

 

Reykyavikdan 40 km masofada joylashgan mashhur spa-kurort qora lava dalalari va vulqonlar bilan o‘ralgan. Manzil har yili bir millionga yaqin sayyohni qabul qiladi, bu esa Islandiya aholisidan ikki marta ko‘p. Ko‘lda suv harorati doimiy 38-40 gradus atrofida saqlanadi. Bu tabiat moʻjizasi emas, balki inson mehnati natijasidir.

 

Blaua-Lounidga yaqin atrofdagi geotermal elektrostansiya suvlari yuboriladi. Minerallardan to‘yingan suv va yumshoq oq tuproq teriga ijobiy taʼsir qiladi.

 

2. Parij Disneylendi, Fransiya

 

TikTok foydalanuvchilari versiyasiga ko‘ra, bog‘ning “Yer yuzidagi eng baxtli maskan” shiori o‘zini oqlaydi. Ijtimoiy tarmoqda Parij Disneylendi belgilangan postlar 8 mlrddan ortiq marta ko‘rilgan.

 

Google Maps esa ko‘ngilochar bog‘lar majmuasiga o‘rtacha 4,5 ball bergan. Parij Disneylendi bog‘laridan biriga kirish narxi 63 yevrodan boshlanadi.

 

1. Vengriya parlamenti binosi

 

Vengriya poytaxti ertaknamo arxitekturasi bilan sayyohlar qiziqishiga sabab bo‘ladi. Aynan Budapeshtda, Dunay daryosi bo‘yida Yevropaning eng mashhur binosi — parlament joylashgan.

 

Neogotika uslubida yasalgan arxitektura shoh asari 1902 yildan beri deputatlar ixtiyorida. U ayni paytda mamlakatdagi eng katta bino hamdir.

 

Vengriya parlamenti binosi Stasher surishtiruvida 10 dan 7,3 ball olgan. Binoga yevrohudud  sayyohlari 13, qolganlar esa 26 yevro evaziga kiritiladi.

 

Reyting Yevropaning eng yomon sayyohlik maskanlarini ham aniqlab bergan

 

Anti-reytingda Istanbuldagi Grand-bozor yetakchilik qiladi. Bozor Sulton Ahmed maydoni yaqinida joylashgan. Reyting mualliflari u yerda xavfsizlik yuqori darajada emasligini aytmoqda. Shunga qaramay Google Maps manzilga 4,4 ball bergan.

 

Dunyodagi eng yomon sayyohlik manzili esa Los-Anjelesdagi “Yulduzlar alleyasi”dir. Sayyohlar u yer haqida “iflos va xavfli joy” degan fikr qoldirgan.

 

Yetib borish eng qiyin bo‘lgan joy esa Hindistondagi Toj Mahal deb topilgan. Mashhur maqbara eng yaqin aeroportdan 219 km masofada joylashgan.

 

Reytingda eng yomon deb topilgan 10 ta manzildan 7 tasi Osiyoda joylashgan (Gollivuddagi “Yulduzlar alleyasi”, Tampa-Beydagi Busch Gardens‘dan va Grand-bozordan tashqari).

 

Antireytingning 6- va 7-o‘rinlarini Gongkongdagi Viktoriya porti va Oushen bog‘i egallagan.

 

custom img

“Biz harakat qildik, ammo hozircha samarali natijaga erishilmadi” — Marko Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukraina bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirganini ma’lum qildi.

custom img

Olmaotadagi o‘zbek diplomatlari 82 nafar vatandoshga yordam ko‘rsatdi

Qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga vaqtinchalik boshpana, tibbiy yordam va qaytish hujjatlari taqdim etildi.

custom img

To‘qayev Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

Kreml Qozog‘iston rahbarining tashrifini “do‘stona qadam” sifatida baholadi.

custom img

Toshkentda “Xalqaro migratsiya forumi — 2026” o‘tkaziladi

Forumda BMT tizimi, xalqaro tashkilotlar, vazirliklar, ekspertlar va xorijiy ish beruvchilar vakillari ishtirok etadi.

custom img

“Real Sanjik” 5 yilga qamaldi

Shuningdek, unga bazaviy hisoblash miqdorining 410 baravari miqdorida jarima tayinlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

custom img

Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi: parlament qonun loyihasini ma’qulladi

Vitse-prezident prezident tomonidan Qurultoy roziligi bilan tayinlanadi. Uning vakolatlari prezidentning alohida hujjatlari bilan belgilanadi.

custom img

Sirdaryoda me’yordan ortiq bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Damas’lar aniqlandi

Avtomobillarning birida 22 nafar, ikkinchisida 24 nafar bog‘cha bolasi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"