Jahon

“Biz harakat qildik, ammo hozircha samarali natijaga erishilmadi” — Marko Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukraina bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirganini ma’lum qildi.

“Biz harakat qildik, ammo hozircha samarali natijaga erishilmadi” — Marko Rubio

 

Marko Rubio Ukraina bo‘yicha olib borilgan muzokaralar hozircha boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ma’lum qildi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

 

Rubioning aytishicha, AQSh tomonlar o‘rtasida vositachilik qilishga harakat qilgan, biroq bir qator omillar sabab muzokaralar kutilgan natijani bermagan.

 

“Biz vositachilik qilishga urindik, ammo hozircha samarali natijaga erishilmadi. Agar imkoniyat paydo bo‘lsa, AQSh bu rolni bajarishga tayyor”, dedi u.

 

Davlat kotibi, shuningdek, Vashington taraqqiyotga olib kelmaydigan muzokaralarga ortiqcha vaqt va resurs sarflashni istamasligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, vaziyat o‘zgarsa, Donald Tramp ma’muriyati muzokara jarayoniga qaytishga tayyor.

 

Xabarlarga ko‘ra, AQSh tomonidan Vladimir Putin ma’muriyatiga sanksiyalarni yumshatish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ayrim hududiy masalalarni muhokama qilishni o‘z ichiga olgan takliflar berilgan. Biroq Moskva Donbass hududi bo‘yicha o‘z talablarini saqlab qolayotgani aytilmoqda.

 

Shuningdek, Bloomberg manbalariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati urushni yana bir necha yil davom ettirish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda hamda yangi harbiy operatsiyalar uchun tayyorgarlik olib bormoqda.

 

Avvalroq AQSh Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishish va keyinchalik uni referendum hamda saylovlar orqali mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"