O'zbekiston

Sirdaryoda me’yordan ortiq bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Damas’lar aniqlandi

Avtomobillarning birida 22 nafar, ikkinchisida 24 nafar bog‘cha bolasi bo‘lgan.

Sirdaryoda me’yordan ortiq bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Damas’lar aniqlandi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida bog‘cha bolalarini me’yordan ortiq tashib ketayotgan ikki dona Damas avtomobili aniqlanib, to‘xtatildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan avtomobillarning birida 22 nafar, ikkinchisida esa 24 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi olib ketilayotgan bo‘lgan.

 

Tekshiruv davomida haydovchilardan biri avval transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganiga qaramay, yana avtomobil boshqarib yurgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti mas’ullari hamda haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. 

 

Shuningdek, haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi hamda 128−8-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Qoidabuzarlik sodir etgan avtomobillar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 14 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan Matiz yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. Avtomobilni haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan oilaviy bog‘cha rahbari boshqargan. Hodisa oqibatida ayol halok bo‘lgan, bolalar esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"