Jahon

To‘qayev Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

Kreml Qozog‘iston rahbarining tashrifini “do‘stona qadam” sifatida baholadi.

To‘qayev Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

 

Qosim-Jomart To‘qayev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskva shahriga tashrif buyuradi.

 

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida Vladimir Putin bilan alohida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ikki davlat rahbari may oyi oxiriga mo‘ljallangan Rossiya prezidentining Qozog‘istonga tashrifi arafasida strategik hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qiladi.

 

Kreml To‘qayevning bo‘lajak tashrifiga munosabat bildirib, uni “do‘stona qadam” sifatida baholagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev ham amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketgani va G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi xabar qilingan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

To‘qayev Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi | Zamon.uz