Jahon

Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi: parlament qonun loyihasini ma’qulladi

Vitse-prezident prezident tomonidan Qurultoy roziligi bilan tayinlanadi. Uning vakolatlari prezidentning alohida hujjatlari bilan belgilanadi.

Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi: parlament qonun loyihasini ma’qulladi

Qozog‘iston parlamenti “Prezident to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Hujjatda mamlakatda vitse-prezident lavozimini joriy etish ham nazarda tutiladi. Bu haqda informburo.kz xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasi parlamentda adliya vaziri Yerlan Sarsembayev tomonidan taqdim etilgan. Uning aytishicha, hujjat 15-mart kuni qabul qilingan yangi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, vitse-prezident prezident tomonidan Qurultoy roziligi bilan tayinlanadi. Uning vakolatlari prezidentning alohida hujjatlari bilan belgilanadi.

 

 Vazirning ta’kidlashicha, bu davlat boshqaruvini yanada moslashuvchan tashkil etish va amaliy vazifalarga tez moslashish imkonini beradi. Vitse-prezident faoliyati esa davlat rahbari administratsiyasi tomonidan ta’minlanadi.

 

Qayd etilishicha, vitse-prezident prezident nomidan Qurultoy, hukumat va boshqa davlat idoralari bilan ishlaydi, muzokaralarda prezident vakili sifatida qatnashadi. Prezident muddatidan oldin lavozimini tark etgan taqdirda esa uning vakolatlari vitse-prezidentga o‘tadi.

 

Shuningdek, qonun loyihasida prezidentlikning bir martalik yetti yillik muddati, davlat rahbarining partiyasizligi hamda uning yaqin qarindoshlariga rahbarlik lavozimlarini egallashni taqiqlash normalari saqlab qolingan.

 

Shu bilan birga, prezident quyidagi vakolatlarga ega bo‘ladi:

 

— “Qazaqstan Xalq Kengesi” tarkibini tasdiqlash;

 

 — Inson huquqlari bo‘yicha vakilni tayinlash; 

 

— Qurultoy faoliyat yuritmayotgan davrda qonun maqomiga ega farmonlar chiqarish.

 

Qonun loyihasi parlament tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.