O'zbekiston

“Ashxobod” parki rahbari qamaldi

Bog‘ maʼmuriyati kecha tekinga o‘yinchoq tarqatish aksiyasini o‘tkazishgandi.

“Ashxobod” parki rahbari qamaldi

1-iyun kuni soat 12:00 da Toshkent shahridagiAshxobod” ko‘ngilochar bog‘ida tekinga 20 000 ta o‘yinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqida bog‘ maʼmuriyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda reklama chiqarilgandi.

 

Biroq bir vaqtning o‘zida o‘yinchoq oluvchi va kuzatuvchilar bilan taxminan 40 000 nafar fuqarolarni bog‘ hududida jamlashning imkoni bo‘lmasligi, yo‘l harakati va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash talablarga javob bermasligi sababli bu tadbirni o‘tkazmaslik haqida bog‘ rahbariyati ogohlantirilgan. 

 

Lekin bog‘ maʼmuriyati ommaviy tadbirlarni o‘tkazish talablariga rioya etmasdan, tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi reklamani ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib, bog‘ hududida va uning atrofida  aholini ommaviy ravishda to‘planishiga sababchi bo‘lgan va bu harakati orqali fuqarolarga xavf tug‘dirgan.

 

Natijada bog‘ hududidiga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda bog‘ga olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning saʼy-harakati bilan bu tirbandliklar bartaraf etilib, fuqarolar tinch tarqatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan bog‘ direktori — 1981 yilda tug‘ilgan A.N., direktor o‘rinbosari — 1987 yilda tug‘ilgan A.Z., reklama bo‘limi boshlig‘i — 1994 yilda tug‘ilgan D.T.larga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan ushbu fuqarolarga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Toshkentda 15 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Sog‘ligi yomonlashib, boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi bir nechta mashinalarga urilib ketgan.

custom img

O‘zbekistonda kartalar o‘rtasida komissiyasiz o‘tkazmalar joriy etilishi mumkin

Bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarda SMS-xabarnomalar xarajatlari qayta ko‘rib chiqiladi.

custom img

OTM bitiruvchilaridan diplom himoya oldidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinyaptimi?

Talabalardan o‘zini o‘zi band qilgani to‘g‘risida ma’lumot, rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma yoki uch tomonlama shartnoma talab qilinayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi.

custom img

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektining nomi yozilgan peshlavha reklama deb hisoblanmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish hamda tadbirkorlarni oʻylantirayotgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

custom img

O‘qituvchilarning 4 mln oyligi qachon 1000 dollar bo‘ladi?

O‘zbekistonda hamon o‘qituvchi va shifokorlar hamon eng past oylikka ishlamoqda. Bugungi kunda o‘qituvchilarning bazaviy maoshi 5 143 717 so‘mni tashkil etmoqda.

custom img

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti ochilgach, eskisi yopiladi

Hozirgi aeroport imkoniyatlarini 2029-yilgacha to‘liq sarflab bo‘lishi kutilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda “Faxriy” maqomi joriy etiladi

Mazkur maqomga ega shaxslar bir qator imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

custom img

Germaniya O‘zbekistonga “yashil” iqtisodiyot uchun 9 mln yevro ajratadi

Loyihada hududiy rivojlanish bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqish, “yashil” pilot loyihalarni amalga oshirish ham nazarda tutilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Ashxobod” parki rahbari qamaldi