O'zbekiston

O‘zbekistonda kartalar o‘rtasida komissiyasiz o‘tkazmalar joriy etilishi mumkin

Bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarda SMS-xabarnomalar xarajatlari qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonda kartalar o‘rtasida komissiyasiz o‘tkazmalar joriy etilishi mumkin

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish korxonalarining barqarorligini ta’minlash hamda tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi. Unda raqamlashtirish va naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar tobora ko‘proq naqd pulsiz shaklga o‘tmoqda. Shu bois aholi va biznes uchun bunday to‘lovlarni yanada qulaylashtirish zarurligi qayd etildi. Bu borada bank infratuzilmasini rivojlantirish, komissiya tizimini takomillashtirish va rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni kengaytirish taklif qilindi.

 

Xususan, jismoniy shaxslarning oʻz bank kartalari oʻrtasidagi pul oʻtkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish, naqdsiz toʻlovlarni aholi uchun qulay boʻlgan shakllarini koʻpaytirish, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki va yoqilgʻi sotish sohalarida xarid cheki boʻyicha hisoblangan keshbekni tezkor qaytarish imkoniyatini yaratish taklif etildi. 

 

Bank operatsiyalari xavfsizligini oshirish maqsadida joriy etilgan firibgarlikka qarshi tizim doirasida SMS-xabarnomalar bilan bog‘liq xarajatlarni qayta ko‘rib chiqish, ularning o‘rniga mobil ilovalar orqali bildirishnomalar yuborish yoki biometrik identifikatsiya kabi muqobil yechimlarni joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, jumladan, soliq imtiyozlarini qo‘llashda yuzaga keladigan bahsli holatlarni bartaraf etish, soliq qarzlari bo‘yicha jarimalarning asosiy qarz miqdoridan oshmasligi prinsipini joriy etish taklif qilindi.

 

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida import jarayonlarini soddalashtirish, ortiqcha hujjatlarni qisqartirish, xorijda savdo uylari va vakolatxonalar ochish tartibini yengillashtirish hamda milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish mexanizmlarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbari tadbirkorlik yo‘lidagi ortiqcha to‘siqlarni kamaytirish, nazorat va tartibga solish mexanizmlarini soddalashtirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini biznes uchun qulaylik yaratadigan samarali vositaga aylantirish muhimligini ta’kidladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.