O'zbekiston

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti ochilgach, eskisi yopiladi

Hozirgi aeroport imkoniyatlarini 2029-yilgacha to‘liq sarflab bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti ochilgach, eskisi yopiladi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti qurilish ishlari 2025-yil iyul oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 5-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki yig‘ilishi doirasida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

 

Jasurbek Choriyevning so‘zlariga ko‘ra, loyiha bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik (DXSH) to‘g‘risidagi bitim yakuniy bosqichda bo‘lib, hujjat may oyining o‘rtalarigacha imzolanishi kutilmoqda.

 

“Toshkentning yangi xalqaro aeroporti qurilishini iyul oyida boshlaymiz. Bu allaqachon aniq. Davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha kelishuv may oyining o‘rtalarigacha imzolanishi lozim. Hozirda u yakuniy bosqichda turibdi. Imzolashimiz bilan hukumat tomonidan qisqa ko‘rib chiqiladi, rozilik olishimiz bilan qurilishni boshlaymiz. Prezident iyul oyidan ishlarni boshlash bo‘yicha aniq topshiriq bergan”, — dedi u.

 

Vazir o‘rinbosari loyiha ishtirokchilari allaqachon tayyor ekanini, gap yirik xalqaro konsorsium haqida ketayotganini ta’kidladi.

 

“Ishtirokchilar allaqachon tayyor, u yerda katta konsorsium tuzilgan. Biz xususiy investor bilan ham xususiy, ham davlat sherigi tomonidan qo‘yiladigan barcha shartlar bayon etilgan asosiy hujjatni imzolashimiz kerak”, — dedi Jasurbek Choriyev.

 

Uning qayd etishicha, davlat aeroportni yo‘lovchilar oqimi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi.

 

Toshkentning amaldagi aeroporti kelajagi haqida savolga javoban vazir o‘rinbosari yangi aeroport ishga tushirilgach, eskisini yopish rejalashtirilayotganini bildirdi.

 

“Aslida konseptual yechim bor, xususiy sherik bilan kelishilgan shartlar mavjud. Agar yangisini ochsak, eskisini yopishimiz kerak. Bu mantiqan to‘g‘ri. Uning o‘rnida aynan nima bo‘lishi esa hozircha noma’lum”, — dedi Jasurbek Choriyev.

 

 

 

“Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari hududida, 1300 gektar maydonda quriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil oktyabr oyida qurilishga start bergan.

 

Yangi aeroport qurilishi qarori so‘nggi sakkiz yil ichida poytaxtga yo‘lovchi oqimi uch baravar oshib, yiliga 9 million kishiga yetishi, 2040-yilga borib esa 24 milliondan oshishi prognoz qilingani bilan izohlanadi. 

 

Amaldagi aeroport 11 million yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, u shahar ichida joylashgan.

 

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Konsorsium tarkibi quyidagilardan iborat:

 

  • Vision Invest (Saudiya Arabistoni) — 45%
  • Sojitz Corporation (Yaponiya) — 30%
  • Incheon International Airport Corporation (Janubiy Koreya) — 15%
  • Uzbekistan Airports (O‘zbekiston) — 10%

 

Loyiha to‘rt bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqich qiymati 2,5 mlrd dollar bo‘lib, u aeroport terminali va aerodrom qurilishini o‘z ichiga oladi.

 

Aeroport ishga tushgach, yiliga 20 million yo‘lovchi va 129 ming tonna yukni qabul qilish, soatiga 30 tagacha parvoz-qatnovni amalga oshirish hamda bir vaqtning o‘zida 62 ta samolyotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Yangi aeroport majmuasi Toshkent — Samarqand, Toshkent — Andijon va Toshkent — Bo‘stonliq avtomobil yo‘llariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi. Shuningdek, yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun temiryo‘l vokzali qurilishi va Toshkent hamda “Yangi Toshkent” markazlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"