O'zbekiston

OTM bitiruvchilaridan diplom himoya oldidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinyaptimi?

Talabalardan o‘zini o‘zi band qilgani to‘g‘risida ma’lumot, rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma yoki uch tomonlama shartnoma talab qilinayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi.

OTM bitiruvchilaridan diplom himoya oldidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinyaptimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan diplom himoyasi oldidan turli qo‘shimcha hujjatlar — o‘zini o‘zi band qilgani to‘g‘risida ma’lumot, rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma yoki uch tomonlama shartnoma talab qilinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berildi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, amaldagi tartiblarga ko‘ra, bitiruvchilardan diplom berish yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish jarayonida ularning ish bilan bandligiga oid qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi. Bitiruv malakaviy ishini himoyaga qo‘yish faqat o‘quv jarayoni bilan bog‘liq mezonlar asosida amalga oshiriladi.

 

Qayd etilishicha, bitiruvchilarning bandlik holatini tahlil qilish va ularning mehnat bozoriga kirib borishini kuzatish maqsadida bir qator davlat idoralari o‘rtasida axborot tizimlari integratsiya qilingan. Xususan, Soliq qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasida monitoring ishlari olib borilmoqda.

 

Mazkur jarayonlar raqamli platformalar orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi va talabalar zimmasiga qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish majburiyatini yuklamaydi.

 

Vazirlik barcha oliy ta’lim tashkilotlariga bitiruvchilar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ma’lumotlarni yig‘ishda ixtiyoriylik tamoyiliga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilganini bildirdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"