O'zbekiston

O‘zbekiston bank tizimi aktivlari 932 trln so‘mdan oshdi

Banklarning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,3 foizga ko‘payib, 3,1 trln so‘mga yetgan.

O‘zbekiston bank tizimi aktivlari 932 trln so‘mdan oshdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimining jami aktivlari 932,3 trln so‘mni (76,3 mlrd dollar), majburiyatlari esa 793,9 trln so‘mni (64,9 mlrd dollar) tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan e’lon qilingan “Banklar faollik indeksi” hisobotida ma’lum qilindi.

 

Hisobotga ko‘ra, mamlakat bank sektorida o‘sish sur’atlari saqlanib qolmoqda. Xususan, kredit qo‘yilmalari 14 foizga, depozitlar esa 32 foizga oshgan. Banklarning sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,3 foizga ko‘payib, 3,1 trln so‘mga (254 mln dollar) yetgan. Shu bilan birga, muammoli kreditlar ulushi 4,5 foizdan 3,3 foizgacha kamaygan.

 

Yirik banklar segmentida yetakchilik saqlanib qolgan. Xususan, Kapitalbank reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Umuman olganda, 20 ta yirik bankdan 7 tasi o‘z pozitsiyasini yaxshilagan, 8 tasi pastlagan, 5 tasi esa o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Eng katta o‘sish Tenge Bank hissasiga to‘g‘ri kelib, u 6 pog‘onaga ko‘tarilib, umumiy reytingda 10-o‘ringa chiqdi.

 

Shuningdek, Hamkor bank, Aziya Alyans bank va Ipak yo‘li bank 1 pog‘onadan, Xalq banki, Invest finans bank va Agrobank esa 2 pog‘onadan yuqorilagan. Aksincha, Oriyent finans bank 5 pog‘onaga, Trast bank esa 3 pog‘onaga pastlagan.

 

Alohida ko‘rsatkichlar kesimida yetakchilar ham aniqlangan. Moliyaviy vositachilik yo‘nalishida Invest finans bank, Anor bank va Kapitalbank oldingi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, moliyaviy ommaboplik bo‘yicha Agrobank, Anor bank va BRB yetakchilik qilgan. Kapital yetarliligi bo‘yicha Oriyent finans bank, Trast bank va Xalq banki yuqori natija ko‘rsatgan. Aktivlar sifati yo‘nalishida Hamkor bank, Aziya Alyans bank va Ipak yo‘li bank yetakchi bo‘lgan. Boshqaruv samaradorligi bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbank, Oriyent finans bank va O‘zmilliybank yuqori o‘rinlarni egallagan. Daromadlilikda Hamkor bank, Trast bank va Aziya Alyans bank, likvidlilikda esa Aziya Alyans bank, Ipak yo‘li bank va Trast bank yetakchi sifatida qayd etilgan.

 

Kichik banklar segmentida ham raqobat kuchaygan. 14 ta bankdan 8 tasi o‘z o‘rnini yaxshilagan. Ushbu guruhda TBC Bank reyting yetakchisi sifatida qayd etilgan. Eng sezilarli o‘sish AVO bank va Apex bank hissasiga to‘g‘ri kelib, ular 3 pog‘onadan yuqorilagan. Shuningdek, Soderot bank, Garant bank va Ziraat bank 2 pog‘onadan, Open bank va Uzum bank esa 1 pog‘onadan o‘sish qayd etgan. Oktobank esa 6 pog‘onaga tushib, eng katta pasayishni ko‘rsatgan.

 

Ma’lumot uchun, mazkur tadqiqot respublikada faoliyat yuritayotgan 34 ta tijorat bankini qamrab olgan bo‘lib, ularning 20 tasi yirik, 14 tasi kichik banklar toifasiga kiradi. Indeks 27 ta ko‘rsatkich asosida, jumladan xalqaro standartlar va Bazel qo‘mitasi talablariga muvofiq shakllantirilgan.

custom img

Surxondaryoda daryoga neftga o‘xshash suyuqlik oqishi holati Ekopolitsiya tomonidan o‘rganilmoqda

Boysun–Bandixon hududida kuzatilgan sel sabab daryoga neft aralash suyuqlik oqib chiqishi kuzatilgan.

custom img

Toshkentda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishga uringan fuqaro 6 yilga qamaldi

Uning oila a’zolari va tanishlarini ham ekstremistik g‘oyalarga da’vat qilgani aniqlangan.

custom img

O‘zbekistonda kameralar orqali 190 dan ortiq qoidabuzarlik holati aniqlandi

Eng ko‘p guvohnomasiz boshqaruv holatlari Xorazm va Toshkentda qayd etilgan.

custom img

O‘zbekistonda “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ming nafar ishtirokchiga sertifikat berilib, ularga imtiyozli kredit ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonga yil yakuniga qadar 130 ming tonna go‘sht import qilinishi ta’minlanadi

Tadbirkorlar uchun muqobil transport koridorlari ko‘paytirilib, joriy yilning ikkinchi choragida 45 ming tonna go‘sht import qilinadi.

custom img

“Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Kartoshkachilikka ixtisoslashgan tumanlardagi ishlar qoniqarsiz deb baholandi.

custom img

Hokimlar rejalarini OAV orqali jamoatchilikka yetkazadi

Uch kun ichida ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ishlab chiqiladi.

custom img

Elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tumanning mas’ul rahbarlari ishdan olinadi

O‘zbekistonda elektr yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"