O'zbekiston

O‘zbekistonda “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ming nafar ishtirokchiga sertifikat berilib, ularga imtiyozli kredit ajratiladi.

O‘zbekistonda “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi

 

O‘zbekistonda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va biznes ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi. Bu haqda Prezidentning “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini 2026–2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan deb xabar beradi Adliya vazirligi.

 

Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mazkur dastur amalga oshiriladi. U orqali 20 ming nafar yoshni tadbirkorlik faoliyatiga o‘qitish rejalashtirilgan.

 

Dastur doirasida mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, xususiy sektor vakillari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Ishtirokchilar tanlov asosida saralanadi hamda ularga biznes loyihani ishlab chiqish, mahsulotni bozorga olib chiqish, savdoni yo‘lga qo‘yish va bozorni kengaytirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar beriladi.

 

Loyiha yakunida yoshlarning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Natijalarga ko‘ra, eng yaxshi ming nafar ishtirokchiga Yoshlar ishlari agentligining maxsus sertifikati topshiriladi.

 

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga asosiy stavkadan 50 foizga kamaytirilgan foiz stavkasida, 6 oylik imtiyozli muddat bilan 3 yilgacha 500 baravar BHM miqdorigacha kredit ajratiladi.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-avgustdan boshlab tuman fermerlar kengashlari huzuridagi buxgalteriya hisobi markazlari yoshlar rahbarligidagi yangi fermer xo‘jaliklariga ikki yil davomida bepul xizmat ko‘rsatadi.

 

2026-yil 1-iyuldan esa yoshlar tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash bilan bog‘liq davlat xizmatlari xarajatlarining bir qismi 10 baravar BHMdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"