Hokimlar rejalarini OAV orqali jamoatchilikka yetkazadi
Uch kun ichida ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ishlab chiqiladi.

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida viloyat, tuman hokimlari ishni mutlaqo yangicha tashkil qilishi belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, uch kunda hokimliklar yoniga “aql markazi”, oliygoh professorlari, startapchi yoshlarni olib, mehnat unumdorligi, tannarx, energiya samaradorlik, ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ishlab chiqiladi.
Hokimliklar bir hafta ichida bu yil qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazadi.








