O'zbekiston

Surxondaryoda daryoga neftga o‘xshash suyuqlik oqishi holati Ekopolitsiya tomonidan o‘rganilmoqda

Boysun–Bandixon hududida kuzatilgan sel sabab daryoga neft aralash suyuqlik oqib chiqishi kuzatilgan.

Surxondaryoda daryoga neftga o‘xshash suyuqlik oqishi holati Ekopolitsiya tomonidan o‘rganilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan daryoga neftga o‘xshash suyuqlik oqib tushayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

 

Mazkur holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan voqea joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

 

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida Boysun tumanidagi Xongaronsoy hududida tabiiy geologik jarayonlar natijasida yer ostidan neft aralash suyuqlik chiqishi kuzatilgan. Ushbu suyuqlikning soyga oqib ketmasligi uchun maxsus hovuz hosil qilingan.

 

Biroq Boysun tumanida kuzatilgan sel oqibatida mazkur himoya hovuzi buzilib, neft aralash suyuqlik Bandixon soyiga oqib ketgan. Keyinchalik ushbu oqim suv tizimi orqali Surxondaryo daryosiga yetib borgan.

 

Hozirda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha maxsus texnikalar jalb etilgan holda ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, daryoga oqib tushgan suyuqlik hajmi va tarkibini aniqlash maqsadida ikki ishchi guruh tashkil etildi.

 

O‘rganish ishlari davom etmoqda va yakuniy natijalar yuzasidan qo‘shimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.

 

Shuningdek, holat yuzasidan tegishli qonunchilik asosida aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq qat’iy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu holat “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga aloqador emasligi rasman bildirilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.