O'zbekiston

Toshkentda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishga uringan fuqaro 6 yilga qamaldi

Uning oila a’zolari va tanishlarini ham ekstremistik g‘oyalarga da’vat qilgani aniqlangan.

Toshkentda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishga uringan fuqaro 6 yilga qamaldi

 

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro terrorchilik faoliyatida ishtirok etishga urinish hamda yaqinlarini ekstremistik g‘oyalarga jalb qilishda aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchi 2018-yildan buyon Suriyada yashab, qurolli to‘dalar safida harakat qilayotgan O‘zbekiston fuqarosining ta’siriga tushgan. Mazkur shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali sobiq qo‘shnilari, tanishlari va sinfdoshlarini radikal g‘oyalarga targ‘ib qilib kelgan.

 

Aniqlanishicha, toshkentlik fuqaro mojaro hududiga chiqib ketish maqsadida o‘z avtomobilini sotgan hamda Qozog‘iston va Turkiya orqali Suriyaga borish rejasini ishlab chiqqan.

 

Shuningdek, u oila a’zolari va hamkasblarini ham ekstremistik qarashlarga og‘dirishga uringan. Tintuv jarayonida undan diniy mutaassiblik va zo‘ravonlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar topilgan.

 

Tergov davomida fuqaroning yana to‘rt nafar shaxsni yollagani, ular ham jangovar hududga ketishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagani aniqlangan.

 

Sud majlisida sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lib, diniy bilim yetishmasligi hamda internetdagi zararli kontent ta’siriga tushib qolganini bildirgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi hamda 244-2-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur jinoyat ishiga aloqador boshqa shaxslar yuzasidan tergov harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Tijorat banklari noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qarz oluvchilarga qaytarishi shart.

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Ona jazoni o‘taydi, bola maxsus markazda tarbiyalanadi: yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi

Mahkum ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Ular mijozlarga o‘zlarini uy egalari yoki rieltorlar sifatida tanishtirgan.

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tun-u kun faoliyat yuritadigan “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi.

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi IREX bilan jurnalistlar malakasini oshirish va media sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.