O'zbekiston

O‘zbekiston ilk bor BMTning nufuzli komissiyasi a’zoligiga saylandi

O‘zbekiston BMTning jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasida AQSH, Buyuk Britaniya kabi davlatlar bilan ish olib boradi.

O‘zbekiston ilk bor BMTning nufuzli komissiyasi a’zoligiga saylandi

Nyu-York shahrida EKOSOS sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 2027-2029 yillar uchun BMTning jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasi a’zoligiga saylandi.

 

Mazkur komissiya 1992 yilda Vena shahrida tashkil etilgan bo‘lib, EKOSOS tizimidagi asosiy hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi. U jinoyatchilikning oldini olish, jinoiy adolatni rivojlantirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash sohasida global siyosatni belgilaydi. Komissiya 40 ta davlatdan iborat bo‘lib, ular uch yil muddatga saylanadi.

 

Saylov jarayoni yuqori raqobat sharoitida kechdi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 4-o‘rin uchun O‘zbekiston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Saudiya Arabistoni nomzod bo‘lgan. 

 

Saylov arafasida Hindiston nomzodini qaytarib olganiga qaramasdan, raqobat yuqori darajada saqlanib qoldi. Shu sharoitda O‘zbekiston nomzodi barcha EKOSOS a’zolari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

 

Komissiya tarkibiga AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Peru kabi davlatlar ham saylangani mazkur organning yuqori nufuz va keng qamrovga ega ekanini ko‘rsatadi.

 

Komissiyadagi a’zolik O‘zbekiston uchun qator yangi imkoniyatlarni ochadi. Jumladan, jinoyatchilikning oldini olish va transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni shakllantirishda ishtirok etish, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, milliy jinoiy adliya tizimini yanada takomillashtirish uchun ekspert va texnik ko‘makni jalb etish imkoni yaratiladi.

 

O‘zbekistonning komissiyadagi uch yillik a’zoligi 2027 yil 1 yanvardan boshlanadi va 2029 yil yakuniga qadar davom etadi.

 

custom img

Surxondaryoda daryoga neftga o‘xshash suyuqlik oqishi holati Ekopolitsiya tomonidan o‘rganilmoqda

Boysun–Bandixon hududida kuzatilgan sel sabab daryoga neft aralash suyuqlik oqib chiqishi kuzatilgan.

custom img

Toshkentda Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishga uringan fuqaro 6 yilga qamaldi

Uning oila a’zolari va tanishlarini ham ekstremistik g‘oyalarga da’vat qilgani aniqlangan.

custom img

O‘zbekistonda kameralar orqali 190 dan ortiq qoidabuzarlik holati aniqlandi

Eng ko‘p guvohnomasiz boshqaruv holatlari Xorazm va Toshkentda qayd etilgan.

custom img

O‘zbekistonda “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi ishga tushiriladi

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ming nafar ishtirokchiga sertifikat berilib, ularga imtiyozli kredit ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonga yil yakuniga qadar 130 ming tonna go‘sht import qilinishi ta’minlanadi

Tadbirkorlar uchun muqobil transport koridorlari ko‘paytirilib, joriy yilning ikkinchi choragida 45 ming tonna go‘sht import qilinadi.

custom img

“Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Kartoshkachilikka ixtisoslashgan tumanlardagi ishlar qoniqarsiz deb baholandi.

custom img

Hokimlar rejalarini OAV orqali jamoatchilikka yetkazadi

Uch kun ichida ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ishlab chiqiladi.

custom img

Elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tumanning mas’ul rahbarlari ishdan olinadi

O‘zbekistonda elektr yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"