Ertaga, 1 avgustdan boshlab Toshkentdan Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahriga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda “Yulduz-SX” xususiy korxonasi o‘zining “Yutong” rusumli avtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.
Toshkent – Novosibirsk yo‘nalishida qatnovlar haftaning har dushanba kuni bajariladi. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 14:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 803 000 so‘m etib belgilangan.
Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishida qatnovlar haftaning har juma kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Toshkent tomon yo‘lga chiqadi.


