1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-o‘ringa 300 mln yutuq: Bo‘stonliqda “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

Unda respublikaning 14 ta hududidan jamoalar ishtirok etib, 4 ta turdagi musobaqalarda o‘zaro raqobatlashdi.

1-o‘ringa 300 mln yutuq: Bo‘stonliqda “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Green Hills Resort majmuasida “Ekologiya va turizm” mavzusiga bag‘ishlangan “ZAKOVAT–25” Respublika kubogi intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

 

Musobaqa Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, “Zakovat intellektual klubi” NNT hamda “Green Hills Resort” majmuasi hamkorligida tashkil etildi.

 

Respublikaning 14 ta hududidan eng zukko “Zakovat” jamoalari ishtirok etib, ekologiya va turizm sohalaridagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Kun davomida ishtirokchilar “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Intellektual auksion” va “Shaxsiy o‘yin” kabi bellashuvlarda o‘zaro raqobatlashdi.

 

 

Tadbir doirasida tomoshabinlar professional zakovatchilar bilan shaxmat o‘yinida sinovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ekologik masʼuliyat, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror turizm g‘oyalari haqida muhokamalar tashkil etildi.

 

Musobaqa savollari asosan tabiat, o‘simliklar, sayyohlik va adabiyot bilan bog‘liq mavzularda bo‘lib, yoshlarning ekologik tafakkurini kengaytirishga xizmat qildi. Tadbir davomida kitob taqdimoti va madaniy dasturlar ham o‘tkazildi.

 

 

Musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent shahri jamoasi egallab, 300 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

 

2-o‘rinni Farg‘ona viloyati jamoasi olib, 200 million so‘m bilan taqdirlandi. 3-o‘rinni esa Jizzax viloyati jamoasi qo‘lga kiritib, 100 million so‘m mukofot oldi.

 

 

Mazkur intellektual musobaqa nafaqat bilimlar bellashuvi, balki yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, turizm sohasiga qiziqishni kuchaytirish va sog‘lom fikrlashni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика