1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

100 ming dollar pora bilan ushlangan prokuror qamaldi

U sud hukmi bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

100 ming dollar pora bilan ushlangan prokuror qamaldi

Maʼlumotlarga ko‘ra, Bahodir G‘ulomov Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori lavozimida ishlab kelib firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida 2024 yil yanvar oyi boshlarida N.Noʻmonov va xavfli retsidivist bo‘lgan Z.Odilov bilan jinoiy til biriktirgan.

 

Ular Buxoro viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan “Kogon yog‘ — ekstraksiya zavodi” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha jamiyat taʼsischilaridan birining ishonchiga kirib, jinoyat ishi doirasida unga nisbatan ayblov eʼlon qilmaslik va jinoiy javobgarlik ishini hal etmaslik masalasini Buxoro viloyat prokuraturasida ishlovchi mansabdor shaxslar orqali hal etishi mumkinligini aytib, 100 ming AQSH dollari miqdorida pora berishni talab qilgan.

 

Bahodir G‘ulomov 15 yanvar kuni Buxoro shahridagi “Turon” mehmonxonasi oldida 100 ming dollarni jinoiy sherigi N.No‘monov orqali olgan. Shuningdek, u jinoiy harakatlarini davom ettirib, “Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi” AJga aloqador shaxslarni Buxoro viloyat prokuraturasida ishlovchi mansabdor shaxslar orqali tergovga jalb qilmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga yana 100 ming dollar pora berishga dalolat qilgan hamda firibgarlik yo‘li bilan 44 ming dollarni qo‘lga kiritgan.

 

Sud hukmi bilan Bahodir G‘ulomov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 28, 211 moddasi 3 qismi “a” bandida (juda ko‘p miqdorda pora berishda ishtirokchilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

 

Unga 3 yil muddatga prokuratura organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, sud hukmi bilan “New imperial oil” MCHJda ekspeditor lavozimida ishlagan Najmiddin No‘monov 11 yil, xavfli retsidivist hisoblangan Zafar Odilovga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика