AQShda ayol qariyalar uyida yashashiga qaramay, qamoqxonaga tushdi. Ayol o‘zi xohlab, 104 yoshini shu yerda nishonlashni istadi, va politsiya uning xohishini amalga oshirishga yordam berdi.
Loretta ismli bu ayol Nyu-York shtatidagi Eyvon shahridagi qariyalar uyidagi tug‘ilgan kun kechasidan so‘ng qamoqxonaga yo‘l oldi. U yerda undan barmoq izlari olindi, suratga tushirildi, kameraga qamaldi va keyinroq tug‘ilgan kun torti bilan siylandi. Bayramda politsiya xodimlari, jumladan, K-9 bo‘limi (itbozlar) vakillari ham ishtirok etdi. Livingston okrugi sherifining idorasi ushbu noodatiy mehmon haqida rasmiy hisobotni Jeneseo shahridagi ofisida e’lon qildi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, ayoldan tug‘ilgan kunida nima qilishni xohlayotgani so‘ralganida, u qamoqxonani ichida ko‘rishni orzu qilganini aytgan, chunki u oldin bunday joylarda hech qachon bo‘lmagan ekan. Ta’kidlanishicha, Loretta juda yaxshi vaqt o‘tkazgan va politsiya uning orzusini ro‘yobga chiqarishdan xursand bo‘lgan.


