1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

2026-yildan O‘zbekistonda Starlink ishga tushishi kutilmoqda

Loyiha dastlab 2023-yilga rejalashtirilgan edi, keyinchalik bir necha bor muddat surilgan.

2026-yildan O‘zbekistonda Starlink ishga tushishi kutilmoqda

SpaceX kompaniyasi yo‘ldosh internet loyihasini joriy qilishni rejalashtirganini rasmiy manbalar tasdiqladi. Dastlab 2023-yilga mo‘ljallangan loyiha muddati bir necha bor ortga surilib, endi 2026-yilga belgilangan.

 

Tizimning asosiy afzalligi – yuqori tezlik va minimal kechikish bilan internetni nafaqat yirik shaharlarda, balki chekka hududlarda ham taqdim etishi.

 

Avgust oyidan Qozog‘iston aholisi Starlink’dan foydalanishni boshladi. Tariflar 43 dollardan 57,5 dollargacha o‘zgaradi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur xizmatning O‘zbekistonga kirishi telekommunikatsiya va raqamli rivojlanish uchun muhim bosqich bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика