1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Xitoyda 600 km/soat tezlikdagi g‘ildiraksiz superpoyezd taqdim etildi

Maglevlar tijorat yo‘nalishlariga 5 yil ichida chiqishi kutilmoqda.

Xitoyda 600 km/soat tezlikdagi g‘ildiraksiz superpoyezd taqdim etildi

Xitoyning CCRC Changchun Railway Vehicles kompaniyasi 600 km/soatgacha yetuvchi tezlikda harakatlana oladigan yangi magnit levitatsiya (maglev) texnologiyasiga asoslangan poyezd prototipini ommaga namoyish etdi. Bu texnologik yangilik nafaqat rekord tezlik, balki energiya samaradorligi, ekologik tozalik va xavfsizlik darajasining yuqoriligi bilan ham ajralib turadi.

 

Mutaxassislar bu poyezdni kelajakda Osiyo metropoliyalari orasidagi uzoq masofalarni juda qisqa vaqt ichida bosib o‘tishda asosiy vosita sifatida ko‘rmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi texnologiya bilan jihozlangan maglev poyezdlari 5 yil ichida tijorat liniyalarida qatnay boshlashi rejalashtirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Xitoy 2004-yildan buyon Shanxay-Pudong aeroporti o‘rtasidagi tijorat maglev liniyasida 430 km/soat tezlikda harakatlanuvchi poezdlarni foydalanishga qo‘ygan va bu sohada dunyodagi yetakchi davlatlardan biridir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика