1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

24 iyun kuni Toshkentda SHHT energetika vazirlari yig‘iladi

Uchrashuvda qator muhim hujjatlar imzolanadi.

24 iyun kuni Toshkentda SHHT energetika vazirlari yig‘iladi

 

2022-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida SHHTga aʼzo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili maʼlumot berdi.

 

Unda O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika vazirliklari rahbarlari ishtirok etadi.

 

Yig‘ilish yakunida SHHTning energetika yo‘nalishida konseptual hujjatlari tasdiqlanishi kutilmoqda. Xususan, SHHTga aʼzo davlatlarning Energetika sohasidagi hamkorligi konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi hamda O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan  SHHTga aʼzo davlatlarning Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hamkorligi dasturi loyihasi shular jumlasidandir.

 

Bundan tashqari, SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari O‘zbekiston energetika forumida ishtirok etadi.

 

Avvalroq SHHT Arab davlatlari ligasi bilan hamkorlikni kengaytirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика