Dunyo konlaridan tabiiy uran ishlab chiqarishning uchdan ikki qismi Qozog‘iston, Kanada va Avstraliya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Jahon yadro assosiasiyasi ma’lumot bermoqda.
2020 yilda qazib olingan uranning eng katta qismi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qo‘shni respublikada o‘tgan yil davomida 19,44 tonna uran ishlab chiqarilgan va bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha qazib olingan jami uranning 41 foizini tashkil etadi. Keyingi pog‘onalarni Avstraliya (6,2 ming tonna), Namibiya (5,41 ming tonna) va Kanada (3,88 ming tonna) band etgan.
Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston beshinchi o‘rinda qayd etilgan. O‘tgan yil davomida respublikada 3,5 ming tonna uran qazib olingan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilda ham 3,5 ming tonna, 2018 yilda esa 3,44 ming tonnani tashkil etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan uran konlarida 132,3 ming tonna uran resurslari mavjud ekanligi qayd qilingan. Bu butun dunyo bo‘yicha barcha uran resurslarining 2 foizini tashkil qiladi. O‘zbekistonda olinuvchi uran respublikada qo‘llanmaydi va to‘liq hajmda xorijga eksport qilinadi.


