O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Qosim-Jo‘mart To‘qayev uchrashuvi yakunida XXI asrda Markaziy Osiyoda taraqqiyot yuzasidan shartnoma imzolangan.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining maʼlumotlariga ko‘ra, Tojikiston va Turkmanistonda ichki siyosiy jarayonlar yakunlangach, bu davlatlar ham kelishuvga qo‘shiladi.


