1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Norovning Rossiyaga tashrifi tafsilotlari ochiqlandi

O‘zbekiston bosh diplomati 11-12 iyul kuni Moskvada muzokaralar o‘tkazdi.

Norovning Rossiyaga tashrifi tafsilotlari ochiqlandi

 

2022 yil 12 iyul kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norovning Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlarning konstruktiv o‘zaro manfaatli siyosiy muloqot, iqtisodiy diplomatiyani va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yana-da jadallashtirish tarafdori ekanligi qayd etildi.

 

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Tomonlar jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashgan.

 

BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Bo‘lajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari, jumladan, 2022-yil 28-29 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 

Rossiya tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni va uning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, Norov MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev va Rossiya Davlat Dumasi rahbari Vyacheslav Volodin bilan ham uchrashgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика