1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

5 yilga qamalgan TDTU talabasi ozodlikka chiqdi

Sud unga 2 yil sinov muddati belgiladi.

5 yilga qamalgan TDTU talabasi ozodlikka chiqdi

 

Taqiqlangan diniy materialni ijtimoiy tarmoq orqali tarqatib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Toshkent davlat texnika universiteti talabasi ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari rasmiy telegram kanalida xabar berildi.

 

Bugun, 2 mart kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatida sudlanuvchi S. Rahmonqulovning himoyachisi tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyati asosida ushbu jinoyat ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.

 

Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 2 martdagi ajrimiga muvofiq birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgartirilib, S. Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanilgan holda shartliga o‘zgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

 

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida S. Rahmonqulovning 7 oy 9 kun qamoqda saqlanganligi inobatga olinib, asosiy jazodan chegirib tashlandi.

 

“Sud jinoyat ishini atroflicha o‘rganar ekan, S. Raxmonqulovning o‘z qilmishiga iqror va pushaymonligi, unga nisbatan yengillik berish haqidagi kafolat xatlarini inobatga olgan holda hamda insonparvarlik va odillik tamoyillariga asoslanib qaror chiqardi”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 2023 yil 30 yanvardagi hukmi bilan S. Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “G” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика