1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

6 oyda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 8,2 trillion so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblangan

Shundan 3,8 trillion so‘m davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

6 oyda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 8,2 trillion so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblangan

2025 yilning dastlabki olti oyi davomida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan jami 8,2 trillion so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblangan. Shundan 4,4 trillion so‘m tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilgan imtiyozlarga to‘g‘ri kelgan, 3,8 trillion so‘m esa davlat byudjetiga yo‘naltirilgan. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Boshqarma tomonidan 2025 yilning shu kungacha bo‘lgan davrida umumiy qiymati 1,1 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan mahsulotlar xorijiy davlatlarga eksport qilingan. Eksport geografiyasi quyidagi mamlakatlarni qamrab oladi: Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston, Belgiya va Polsha.

 

Asosiy eksport mahsulotlari sifatida metall buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari va ehtiyot qismlar, kimyo sanoati hamda to‘qimachilik mahsulotlari qayd etilgan.

 

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postida olti oy davomida 59 092 dona bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan. Ularning 20,7 foizi “yashil yo‘lak”, 66,1 foizi “sariq yo‘lak”, 13,2 foizi “qizil yo‘lak” tartibida o‘tgan. Bu esa bojxona jarayonlarining soddalashgan tartibda amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, boshqarma tomonidan eksportni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga oid faoliyatlar kuchaytirilmoqda. Hududdagi 46 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan qiymati 117 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 214,8 ming tonna xomashyo “bojxona hududida qayta ishlash” rejimida rasmiylashtirilgan. Qayta ishlovdan so‘ng, 98,8 ming tonna hajmdagi tayyor mahsulotlar qiymati 81,1 million AQSH dollarini tashkil etgan holda eksport qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика