1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

77 marta qoidabuzarlik qilgan Shuxrat Musayevning "Lacetti"si topildi

Bloger jami 31 million 300 ming so‘m jarimani to‘lamagani aytilmoqda.

77 marta qoidabuzarlik qilgan Shuxrat Musayevning "Lacetti"si topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bloger Shuxrat Musayevga tegishli bo‘lgan “Lasetti” avtomobili MIB xodimlari tomonidan topilib, jarima maydoniga joylashtirilgani haqida xabar tarqalmoqda.

 

Xabarlarga ko‘ra, Musayev 77 ta qoidabuzarlik tufayli jami 31 million 300 ming so‘m jarimani to‘lamagan. Shuningdek, unga nisbatan sud qarori asosida 1 million 648 ming so‘m soliq qarzi va 375 ming so‘m davlat boji undiruvini amalga oshirish uchun ham ijro hujjatlari qo‘zg‘atilgani aytilmoqda. 

 

Qarzdorga bir necha bor SMS-xabarnoma yuborilganiga qaramay, belgilangan muddatda qarz to‘lanmagan. Shundan so‘ng MIB tomonidan avtomobil qidiruvga berilgan va topilgandan so‘ng xatlab olingan.

 

Xabarlarga ko‘ra, hozirda “Lacetti” avtomobili qarzlarni qoplash uchun auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

 

Zamon.uz holatga oydinlik kiritmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика