1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi O‘zbekistonda mehnat inspektorlari oldindan ogohlantirmay tekshiruv o‘tkazishi mumkin

Ish beruvchi qonun buzilishini bartaraf etmasa yoki norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ysa, qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun asos yaratiladi.

Endi O‘zbekistonda mehnat inspektorlari oldindan ogohlantirmay tekshiruv o‘tkazishi mumkin

Prezidentning mehnat munosabatlari va ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid farmoniga ko‘ra, 1-sentyabrdan boshlab davlat mehnat inspektorlari korxona va tashkilotlarda oldindan xabar bermasdan tekshiruv o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

 

Farmonga muvofiq, hukumat 2025-yil dekabrgacha mehnat inspektorlari faoliyatini tartibga soluvchi yangi qaror loyihasini tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim.

 

Yangi tartibga ko‘ra, ish beruvchi qonun buzilishini bartaraf etmasa yoki norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ysa, qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun asos yaratiladi. Tekshiruv buyruqlari ish beruvchilarga YAMMTdagi shaxsiy kabinet orqali yetkaziladi.

 

Bundan tashqari, 1-sentyabrdan korxonalar bo‘sh ish o‘rinlari haqida bandlik organlariga majburiy ma’lumot berishdan ozod qilinadi. Shuningdek, ish beruvchilarga yo‘llanma bilan yuborilgan nomzodlarni rad etgani uchun javobgarlik bekor qilinadi. Shu bilan birga, norasmiy bandlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика