1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda Minorai Kalon yaqinidagi oshxona yonib ketdi

Yong‘in oqibatida taxminan 100 kvadrat metr maydonda binoning tom qismi zararlangan.

Buxoroda Minorai Kalon yaqinidagi oshxona yonib ketdi

19-avgustga o‘tar kechasi Buxoro shahrida joylashgan Minorai Kalon imorati yaqinidagi ikki qavatli oshxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Soat 00:45 da “Zarafshon” mahallasidagi oshxonadan yong‘in haqida xabar kelib tushgan. 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borib, olov soat 00:53 da cheklangan va 01:50 da butunlay o‘chirilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida taxminan 100 kvadrat metr maydonda binoning tom qismi zararlangan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaatlar qayd etilmadi.

 

Hozirda yong‘inning sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avval Surxondaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика