1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shohimardonga vertolyot qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bugungi kunda hududga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni kuniga 15 mingni tashkil etadi.

Shohimardonga vertolyot qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Ya­qin kunlarda Shohimardonga vertolyot orqali borish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshid Ahmedov ma’lum qildi. Ayni paytda vertolyotni Farg‘onaga olib kelish, Shohimardon va Yordon qishloqlarida vertolyot qo‘nish maydonlari tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

 

Rasmiylarning ta’kidlashicha, hozirgacha Shohimardonga borish uchun O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralaridan ikki marotaba o‘tishga to‘g‘ri kelgan. So‘nggi yillarda esa chegara postlarining 24 soat faoliyati va ID kartalarning asosiy hujjat sifatida tan olinishi sayyohlar uchun katta qulaylik yaratgan. Natijada birgina Shohimardon yo‘nalishi bo‘yicha kuniga 15 mingga yaqin yo‘lovchi o‘tmoqda.

 

Shohimardon va So‘x hududlari o‘zining tabiati, toza havosi va shifobaxsh manbalari bilan turistlarni jalb etmoqda. Olimlarning fikricha, bu hududlarda ilk insoniyat hayoti bundan 8–10 ming yil avval shakllangan. Bugungi kunda ham mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar bu yerning go‘zalligidan bahramand bo‘lmoqda.

 

Xurshid Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, qariyb ikki yildan beri Farg‘onadan So‘xga muntazam samolyot qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va aholi bunga ko‘nikgan. Endi esa Farg‘ona – Shohimardon yo‘nalishida vertolyot qatnovini tashkil qilish tashabbusi hukumat darajasida ma’qullangan. Tez kunlarda yangi qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика