1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda ayollarga erkak stomatologlarga borish taqiqlandi

Ayollar stomatologiya muassasalarida faqat ayol shifokorlarga murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Afg‘onistonda ayollarga erkak stomatologlarga borish taqiqlandi

Afg‘onistonning Qandahor shahrida “Tolibon” hukumati tomonidan yangi cheklov joriy etildi. Endilikda ayollarga erkak stomatologlarga murojaat qilish qat’iyan taqiqlanmoqda.

 

Xorijiy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar Qandahor shahridagi stomatologiya klinikalariga borib, ayollarni muassasalardan chiqarib yuborgan hamda erkak shifokorlar tomonidan davolanishga ruxsat berilmasligini ogohlantirgan. Ushbu ko‘rsatma barcha xususiy va davlat stomatologiya muassasalariga tatbiq etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” 2021-yilda hokimiyatga kelganidan buyon Afg‘onistonda ayollar huquqlariga oid keskin cheklovlarni joriy qilib kelmoqda. Jumladan:

 

qizlarning maktab va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi taqiqlangan;

 

ayollarning ko‘pchilik davlat idoralarida ishlashi cheklangan;

 

ko‘ngilochar va jamoat joylariga kirishi qat’iyan man etilgan.

 

Mazkur qaror xalqaro tashkilotlar tomonidan inson huquqlari, xususan ayollarning asosiy tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqini cheklash sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика