1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Afrosiyob” tezyurar poezdiga nisbatan qo‘poruvchilik harakati sodir etgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

DXX Zamon.uz'ga tafsilotlarni ma’lum qildi.

“Afrosiyob” tezyurar poezdiga nisbatan qo‘poruvchilik harakati sodir etgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli “Ziyovuddin temir yo‘l masofasi” korxonasida temir yo‘l to‘siqlari bo‘yicha brigadir lavozimida faoliyat yurituvchi, Navoiy shahrida yashovchi, 1988-y.t fuqaro 2023-yilning dekabr oyida korxonada brigadir shtat birligi tugatilgach, u yo‘l sozlovchisi va temir yo‘l to‘siqlari qo‘riqchisi vazifasiga ishga o‘tkaziladi.

 

Lekin, sobiq brigadir o‘z noroziligini rahbariyatga ko‘rsatib qo‘yish maqsadida Karmana tumanida yashovchi, 1992-y.t. hamkasbi bilan jinoyiy reja tuzadi.

 

Joriy yilning 14-yanvar kuni kechki vaqt ular Samarqand viloyatining Paxtachi tumani “Burqut” MFY hududida joylashgan “Ziyovuddin-Navoiy” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3872-km hududiga borib, og‘irligi 110 kg bo‘lgan temir-beton shpalli “Afrosiyob” elektropoEzdi harakatlanuvchi temir yo‘l relsi ustiga ko‘ndalang holatda qo‘yib, voqea joyidan yashirinishadi.

 

Oradan 15-20 daqiqa o‘tib, “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida 159 km/s tezlikda harakatlanayotgan, jami 148 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “Afrosiyob” tezyurar poezdi temir-beton shpal bilan to‘qnashadi. Buning natijasida poezdning harakatlantiruvchi qismlariga jiddiy shikast yetadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati ning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur shaxslar ushlanib, ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 161-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan esa qonunbuzarlar qo‘poruvchilik harakatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning biriga 13 yil, ikkinchisiga esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, qo‘poruvchilik harakati natijasida jinoyatchilar tomonidan “Afrosiyob” poezdiga 260 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi bois, ushbu pul mablag‘i davlat hisobiga undirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика