1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saudiyada eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Ko‘p yillik oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqlar ayolning sog‘lig‘iga ham, ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Saudiyada eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida uzoq yillar davomida turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchragan R.G. ismli O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, jabrlangan ayol O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vataniga qaytishga yordam so‘ragan. Uning aytishicha, ko‘p yillik oilaviy zo‘ravonlik va tazyiqlar sog‘lig‘iga ham, ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

 

Elchixona xodimlari Saudiy Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda R. G. uchun chiqish vizasini rasmiylashtirdi va zarur hujjatlarni tayyorladi. Ayolning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning safariga alohida nazorat o‘rnatildi.

 

Natijada, R. G. Dammam–Sharja–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareysda O‘zbekistonga qaytib keldi. Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni chet elda muammolarga duch kelganida eng yaqin diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика