1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Uch qahramon” bozoridagi yong‘inda 74 mlrd so‘m zarar ko‘rildi

Vayron bo‘lgan hududda metro quriladi.

“Uch qahramon” bozoridagi yong‘inda 74 mlrd so‘m zarar ko‘rildi

11-avgust kuni Toshkent tumanidagi “Uch qahramon” bozorida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida 74 milliard so‘mlik moddiy zarar yetdi.

 

Toshkent viloyati hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, bozor hududi 6,5 gektarni tashkil etib, unda 902 do‘kon mavjud edi. Yong‘in natijasida hududning 40 foizi, jumladan 181 ta faol do‘konning mol-mulklari butunlay yongan.

 

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in kirish qismidagi do‘konlar orasidan o‘tuvchi elektr simlaridagi avariya oqibatida yuzaga kelgan. Hodisa joyida ekspertiza va tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Yong‘in oqibatida 137 tadbirkor zarar ko‘rgan. 12–13-avgust kunlari 165 tadbirkorga faoliyatini davom ettirish uchun yangi savdo joylari ajratilgan.

 

14-avgust kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev voqea joyiga borib, tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan “Uch qahramon” bozori o‘rnida Toshkent metropolitenining yangi infratuzilma obyekti qurilishi rejalashtirilgan. Hokimlik tadbirkorlarning kelgusi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика