Amerika Prezidenti Donald Tramp Rossiya 8 avgustgacha Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatmasa, mamlakatga nisbatan sanksiya joriy qilinishini aytdi.
“Rossiya ancha vaqtdan beri sanksiyalarni muvaffaqiyatli chetlab o‘tayotganga o‘xshaydi. Biroq endi bunday bo‘lmaydi”, degan u jurnalistlarga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi o‘rtalarida Tramp agar 50 kun ichida Ukrainadagi mojaroni hal qilishda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan uglevodorodlarni sotib oluvchi davlatlarga ikkilamchi bojlar joriy etishini maʼlum qilgan edi. Keyinchalik u bu muddatni o‘n kunga qisqartirib, 8 avgustga qadar muddat belgiladi.
Rossiya yetakchisi Vladimir Putin esa Donald Trampning “hafsalasi pir bo‘lganini” izohlar ekan, “barcha ko‘ngilsizliklar haddan tashqari umidlardan kelib chiqishi”ni taʼkidlagan.


