1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

AI-80 markali benzin narxi 9,5 foizga arzonlashdi

Mahsulotning bir tonnasi uchun 10 million 129,4 ming so‘mdan 9 million 168,4 ming so‘mgacha pasaygan.

AI-80 markali benzin narxi 9,5 foizga arzonlashdi

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabar berishicha, 15-19 noyabr kunlari tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan ochiq birja savdolari yakunlariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha sotilish narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 million 129,4 ming so‘mdan 9 million 168,4 ming so‘mgacha yoki 9,5 foizga pasaygan. 


Qayd etilishicha, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinning 1 tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi. Joriy yilning 15-19-noyabr kunlari birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali avtomobil benzini savdolarida 556 ta tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, o‘tgan haftaga (249 ta) nisbatan ushbu ko‘rsatkich 2,2 barobarga oshgan.

 

Birja savdolariga qo‘yilgan AI-80 markali benzinning 1 tonnalik lotlar bo‘yicha ishtirokchilar talabi joriy yilning 19-noyabr kuni 1 857 tonnani tashkil etib, 16-noyabr kuniga nisbatan kunlik talab 310 tonnaga oshgan.

 

Bunda kichik hajmdagi lotlar bo‘yicha savdolarda ishtirok etayotgan xaridorlar soni 345 tani tashkil etib, ular umumiy savdo ishtirokchilarining 62 foiziga to‘g‘ri kelgan.

 

Maʼlumot uchun: hafta yakuniga ko‘ra birja bozorining mazkur segmentida taklif darajasi 3,1 foizga o‘sgan.

 

Eslatib o‘tamiz, birja savdolariga qo‘yilgan benzin hajmida kichik 1 tonnalik lotlarning ulushi 6 foizdan 30 foizgacha oshirilgan. Buning natijasida benzin sotib olgan xaridorlarning soni 32 tadan 143 tagacha, yaʼni 4,5 barobarga o‘sgan.

 

Avvalroq O‘zbekistonda eng ko‘p benzin qaysi hududda ishlab chiqarilgani maʼlum bo‘lgandi. Shu bilan birga, Ai-80 narxi nega ushlab turilgani, avtomobil benzini qaysi oyda ko‘p ishlab chiqarilgani hamda “Neft o‘zimizniki, zavod o‘zimizniki, nega benzinning narxi “o‘zimizniki” emas?” nomli maqola taqdim etilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика