
Bu holat shubhasiz kishilarning aytish joiz bo‘lsa hayratiga va emlanish doirasidagi muhokamalarning yanada avj olishiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik orasida yuqori lavozim egalari o‘zlari emlanmaydilar-u, oddiy xalqni vaksinaga undashyapti degan gap so‘zlar yana jonlandi.
Mana shunday muhokamalarga chek qo‘yish va aslida hammasi umuman boshqacha bo‘lganini keng jamoatchilikka isbotlash maqsadida Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati hokimning vaksina olish earayoni bilan bog‘liq videoning to‘liqroq variantini taqdim etdi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati vakilining ma’lum qilishicha, vaksina ignasi dorini tortish uchun torlik qiladi. Shuning uchun boshqa igna bilan tortiladi.
“Hokim yelkasida ignaning qopqog‘idek ko‘ringan narsa – shprisning "uplotnitel" deb ataluvchi qismi. Bu yerda ignalarning biri ko‘k, ikkinchisi shaffof "uplotnitel", – deyiladi xabarda.


