1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Akademik litsey va kasbiy taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya o‘tkazilishi sanasi eʼlon qilindi

Attestatsiya sinovlari belgilangan 14 ta hududdagi binolarda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi.

Akademik litsey va kasbiy taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya o‘tkazilishi sanasi eʼlon qilindi

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlum qilishicha, akademik litsey va kasbiy taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya 16 dekabr kuni test shaklida amalga oshiriladi.

 

Attestatsiya sinovlari “testadmin.uzedu.uz” platformasi orqali markazlashtirilgan holda, belgilangan 14 ta hududdagi binolarda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi.

 

Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi:

 

  • 1-smena – soat 09:00;
  • 2-smena – soat 11:30;
  • 3-smena – soat 14:00.

 

Pedagoglardan sinovga pasport yoki ID-karta hamda pedagog ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi. Ruxsatnomani “pedagog.edu.uz” platformasi orqali yuklab olish mumkin.

 

Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida apellyatsiya komissiyasiga shaxsan yoki “pedapellatsiya@edu.uz” rasmiy elektron pochtasi orqali murojaat qilishlari mumkin. Apellyatsiya vaqti 09:00–18:00 soatlari oralig‘ida amal qiladi.

 

Vazirlik pedagoglarnidan belgilangan vaqtga qatʼiy rioya qilish va test sinovlaridan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishni so‘radi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика