1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Amur viloyatidagi YTHda o‘zbekistonliklar bo‘lmagani aniqlandi

Migratsiya agentligi Rossiyadagi YTH haqida tarqalgan xabarni rad etdi.

Amur viloyatidagi YTHda o‘zbekistonliklar bo‘lmagani aniqlandi

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning Amur viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tarqalgan dastlabki ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagani aniqlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, YTH Turkiyaning “Yamata” qurilish kompaniyasiga tegishli yengil avtomobil va yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan. Ayrim ommaviy axborot vositalarida avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulligi hamda Rossiya Migratsiya xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tekshiruv ushbu ma’lumotni rad etdi.

 

Agentlik holatni doimiy nazoratda ushlab turibdi va xorijdagi vatandoshlarning xavfsizligi hamda huquqlarini ta’minlash yuzasidan Rossiya rasmiy idoralari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика