1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda Ai-92 va dizel yoqilg‘isining narxlarini oshirishga moratoriy joriy etildi

Qaror mamlakatda narx barqarorligini saqlash va yonilg‘i bozorida keskin o‘zgarishlarning oldini olishga qaratilgan.

Qozog‘istonda Ai-92 va dizel yoqilg‘isining narxlarini oshirishga moratoriy joriy etildi

16-oktabr kuni Qozog‘iston hukumati Ai-92 markali benzin va dizel yonilg‘isi narxlarining oshishiga moratoriy e’lon qildi. Bu haqda mamlakat hukumatining rasmiy manbalari xabar berdi.

 

Qaror Bosh vazir raisligida o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan bo‘lib, unda davlat rahbarining iqtisodiy islohotlar dasturini fuqarolar manfaatlariga yo‘naltirishga qaratilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilingan.

 

Ta’kidlanishicha, so‘nggi haftalarda yirik shaharlar bozorlarida Ai-92 benzini narxining keskin oshishi aholi noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu boisdan inflyatsiya darajasi barqarorlashmaguncha yonilg‘i narxlarini oshirish taqiqlanadi.

 

Bosh vazir Energetika vazirligi, Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi hamda hududiy hokimliklarga yonilg‘i va moy mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minot tizimini nazorat qilish va barqaror ta’minlash choralarini kuchaytirish topshirig‘ini berdi.

 

Moratoriy muddati mamlakatda narxlar barqarorlash darajasiga qarab belgilanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика