1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Ukraina uchun Xitoy tomonidan moliyalashtiriladigan fond yaratmoqchi

AQSh prezidenti yangi “Ukraina g‘alaba jamg‘armasi” orqali Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tramp Ukraina uchun Xitoy tomonidan moliyalashtiriladigan fond yaratmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga bosimni kuchaytirish va Ukraina mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal etishni jadallashtirish maqsadida yangi tashabbusni ilgari surdi. Unga ko‘ra, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘shimcha bojlar joriy etilib, bu mablag‘lar “Ukraina g‘alaba jamg‘armasi” orqali Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

 

The Telegraph nashrining xabar berishicha, Tramp AQSh moliya vaziri Skott Bessentga ushbu tashabbusni Yevropa ittifoqidagi hamkorlar bilan muhokama qilishni topshirgan. Rejaga ko‘ra, Xitoy tovarlariga 500 foizgacha boj joriy qilinadi, tushum esa Ukraina armiyasini qurollantirish va mamlakat mudofaasini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladi.

 

Ushbu qaror Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 17-oktabr kuni Vashingtonga kutilayotgan tashrifi arafasida e’lon qilindi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, yangi mexanizm AQShning Moskvaga iqtisodiy bosimini kuchaytirish bilan birga, Rossiyani muzokaralar stoliga qaytarish uchun zarur bosqich bo‘ladi.

 

Avvalroq Tramp Ukrainaga moliyaviy yordamni cheklash tarafdori bo‘lgan edi, biroq so‘nggi bayonotlarida u “mavjud vaziyatga nisbatan yangicha strategiya ishlab chiqish zarurligini” ta’kidladi.

 

Ekspertlar fikricha, reja amalga oshirilishi uchun AQShning Yevropa ittifoqchilari bilan muvofiqlashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki bir qator davlatlar Xitoyni Rossiyaning “asosiy hamkori” deb bilsa-da, uni ochiqchasiga dushman sifatida ko‘rmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика