1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Amudaryoda MIB orqali bog‘cha direktori o‘z ishiga tiklandi

Javobgar tashkilot sud qarori ijrosini taʼminlamay kelgan. Shundan so‘ng daʼvogar buni MIB orqali amalga oshirgan.

Amudaryoda MIB orqali bog‘cha direktori o‘z ishiga tiklandi

MIB axborot xizmatiga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining ijro hujjatiga asosan asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan, daʼvogar A.D.ni Qo‘ng‘irot tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori lavozimida ishga tiklash belgilangan.

 

Shunga qaramasdan, javobgar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ushbu sud qarori ijrosi taʼminlanmagan.

 

Shu sababli daʼvogar Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga sud qarori ijrosini taʼminlab berishni so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

 

Byuroning Nukus shahar bo‘limi tomonidan darhol ijro harakatlariga kirishilib, javobgar tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini taʼminlamaslik qonunda belgilangan javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berilgan.

 

Natijada daʼvogar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘iga asosan o‘zining avvalgi ish o‘rniga qayta ishga tiklanishi taʼminlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика