Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIBB YHXB xabar qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 6-avgust kuni soat 08:00 larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tgan “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Yo‘lning 28-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Kia Sonet” va “Cobalt” rusumdagi yengil avtomobillar o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida “Cobalt” avtoulovida bo‘lgan 1990 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


