1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonlashdi

Davlat yetakchilari bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasini ko‘rib chiqqan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Rossiya Prezidenti 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida maʼlum qildi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

 

O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlarining o‘sish surʼatini taʼminlash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar darajasida sermahsul aloqalar, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика