Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika tovarlarining noqonuniy aylanmasini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Paxtaobod tumanida fuqaro N.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadonining omborxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, aylanma yo‘llar bilan yurtimiz hududiga olib kirilgani aniqlandi.
Qayd etilishicha, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 246 millon so‘mlik 123 dona televizorlar borligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda noqonuniy freon gaz ballonlarini olib kirishga bo‘lgan urinishning oldi olingandi.
Avvalroq Sirdaryoda lochinlarni 280 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgani, 9 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy tovarlar aylanmasiga chek qo‘yilgani, Ohangaronda 1 milliard so‘mdan ziyod noqonuniy tovarlar ushlab qolingani hamda Toshkentda 15,3 milliard so‘mlik noqonuniy olib kirilgan parfyumeriya vositalari aniqlangani haqida xabar berilgandi.


