1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda Instagramda shahidlik haqida gaplashgan sinfdoshlarga jinoiy ish ochildi

Ular o‘zlariga diniy taxalluslar ham qo‘yib, bugungi kunda notinch bo‘lgan chet davlatlarga chiqib ketishni rejalashtirgan.

Andijonda Instagramda shahidlik haqida gaplashgan sinfdoshlarga jinoiy ish ochildi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ijtimoiy tarmoqlarda shahidlik haqida gaplashgan sinfdoshlarga jinoiy ish ochildi. Bu haqida viloyat IIB xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Shahrixon tumanida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan shaxs O‘zbekistonda taqiqlangan saytlardagi materiallar bilan tanishishi oqibatida Suriya va boshqa notinch davlatlardagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining media markazi yo‘llovchilari ta’siriga tushib qolgan. Instagram ijtimoiy tarmog‘i va Telegramda “Ahli sunna editlar” guruhini tuzgan va o‘ziga Abu Bakr taxallusini qo‘yib, faoliyat yuritgan.

 

Mazkur guruhga sakkiz nafar o‘zi bilan tengdosh bo‘lgan, maktabda birga tahsil oladigan tengdoshlarini qo‘shib, ular bilan shahidlik, jihod qilish masalasida suhbatlar olib borib, hatto o‘zlariga diniy taxalluslar ham qo‘yib, bugungi kunda notinch bo‘lgan chet davlatlarga chiqib ketishni rejalashtirgan.

 

Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar natijasida mazkur jamoat faoliyatiga chek qo‘yilib, guruh a’zolarining terrorchilik harakatlari sodir etilayotgan xorijiy davlatlarga chiqib ketishining oldi olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-prim 1-moddasi uchinchi qismi “g” bandi hamda 244-prim 2-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика