Andijon viloyatida “Nexia-3” rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2025-yil 12-oktyabr kuni soat 14:30 larda Andijon tumani “Qurama” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan va tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan N.Y. hamda N.I. ismli voyaga yetmagan piyodalarni urib yuborgan.
Natijada N.I. chap oyoqning yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, N.Y. esa tan jarohati olmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, voqea sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


